12:29
Foto: Andijonning gazlari qayon ketdi?
Foto: Andijonning gazlari qayon ketdi?

So‘nggi paytlarda portalimizga uzluksiz kelayotgan xabarlarga va ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga qaraganda, Andijon viloyatidagi metan gaz quyish shoxobchalarida bu yoqilg‘i tanqisligi muntazam kuzatilmoqda.

Ishlagan AYoQShlar faqat soat 17:00 dan keyin xizmat ko‘rsatib, unda ham cheklangan miqdorda gaz quyishlari oqibatida ular oldida mashinalardan iborat kilometrlab navbatlar, ko‘chalarda esa transport kutgan yo‘lovchilardan iborat olomon hosil bo‘lyapti.

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun AYoQShlarga qilgan qo‘ng‘iroqlarimizda «gaz yetarli berilmayapti, borini beshdan keyin sotyapmiz», degan qisqa xabarni eshitdik. Muammoning asl ildizi aholiga ko‘p miqdorda suyultirilgan gaz yetkazib berilayotganida, degan taxminni ko‘pchilik ta’kidlamoqda.

Avtomobillarning mutlaq ko‘pchiligi shu yoqilg‘ida harakatlanadigan viloyatlarda bu juda jiddiy masala ekani ma’lum. Suratlarni tomosha qiling. Mavzuga yana qaytamiz.

 Manba
Категория: Yurtimiz yangiliklari / Mahalli xabarlar | Просмотров: 1113 | Добавил: ADMIRAL | Теги: damaslar, gaz shoxobchalari, gaz quyish, zapravkalar, andijonda damas, o'chirtlar, andijon, tiqin, yurtimiz yangiliklari, anjan zapravkalari | Рейтинг: 5.0/10

O'xshash Yangiliklar
Всего комментариев: 0
avatar
close